2020 yil 14 yanvar kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida «Rahbar va yoshlar» loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Sarvar Nadjimovich Babaxodjayev bilan ochiq muloqat o’tkazildi.
Tadbirning kun tartibida belgilangan masalalar o‘ta qiziqarli va do’stona tarzda o‘quvchilar va pedagog xodimlarda etkazildi. o‘ta qiziqarli va do’stona tarzda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Agentlik direktori tomonidan 17 nafar Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblariga DIPLOMLAR hamda ixtisoslashtirilgan fanlar bo’yicha direktor o’rinbosari Tolipova Jamila Olimjonovna va o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Rasulova Gulchehra Mirjamalovnaga TASHAKKURNOMA taqdim etildi.
Muloqat davomida yosh o’qituvchilar va o’quvchilar faol ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga aniq javob oldilar. Maktab-internatning nifuzini yanada oshirish bo‘yicha takliflar berdilar.
14-yanvar «Vatan himoyachilar kuni» munosabati bilan o’quvchilar barcha ishtirokchilarni tabrikladilar. Tadbir maktab-internatning madhiyasi bilan yakunlandi.
Uchrashuv o’quvchilarda juda katta taassurot qoldirdi.