55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasiga start berildi.

Bugun, 22-aprel kuni Moskva davlat universiteti tashkilotchiligida o’tkazilayotgan 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining I turiga start berildi. Bir vaqtda barcha ishtirokchilarga 8 ta majburiy masala ishlash uchun 5 soat vaqt berildi (Toshkent vaqti bilan soat 12:00 – 17:00). O’quvchilar olimpiada masalalarini ishlab bo’lganlaridan so’ng, ularning javoblar varaqasidan nusxa olinib, tekshirish uchun tashkiliy qo’mitaga yuborildi. Ertaga, 23-aprel kuni olimpiadaning II turida ishtirokchilar 15 ta masaladan ixtiyoriy 5 tasini ishlashlari talab etiladi. Mazkur olimpiada Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda karantin qoidalariga qat’iy amal qilingan holda, onlayn tarzda o’tkazilmoqda.