2020 yil 25-yanvar kuni soat 14:00 da o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati faollar zalida adibning ijodiga bag‘ishlangan badiiy kecha tashkil etildi.

Badiiy kechada Abdulla Qodiriyning nabiralari, yozuvchi Sherhon Qodiriy, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Mahmudjon Azimov va Abdulla Qodiriy nomidagi IJOD maktabining faol o’quvchilari ishtirok etib, o’z ijod namunalarini namoyish etdilar.

Tadbirda Abdulla Qodiriyning hayoti va ijod faoliyatiga oid video rolik, o’quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’rxonlik va ijodiy chiqishlar namoyish efildi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, savol-javobga boy tarzda mazmunli o‘tkazildi.

Sherhon Qodiriy bobosining shaxsini bugungi davlat siyosatidagi va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, adibning adabiyot olamidagi o‘rni, adabiy me’rosi, adib asarlaridan sahnalashtirilgan kinofilmlar va ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati borasida keng tushunchalar berib o‘tildi.
So‘ng, o‘quvchilar o‘rt’sida o’tkazilgan «Eng yaxshi insho», «Eng yaxshi she’riyat ijrochisi», » Eng yaxshi savol » nominatsiyalari g’oliblari esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir o’quvchilarda juda ham katta taassurot qoldirdi.
Tadbir so’ngida yozuvchi Sherhon Qodiriyga ehtirom bildirildi va o‘quvchilari maktab-internati madhiyasi bilan tabrikladilar.