2020 yil 9-fevral kuni maktab-internat o’quvchilari O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyida «Alisher Navoyining 579 yilligi» munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga tashrif buyurdilar.

Tadbirga Tojikiston va Afg’oniston Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar hamda O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari Shavkat Majid va bir qancha shoirlar bilan tanishishdilar.

Tadbir yakunida o’quvchilar Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘ydilar. So‘ng, Adabiyot muzeyidagi XV-XX asr adabiyoti tarixini namoyish etuvchi boy ekspozitsiyalar, ko‘p asrlik boy adabiy tariximizning noyob durdonalari bilan, shuningdek, O‘rta Osiyo madaniyati va san’atigaoid kitob, tasviriy san’at, xattotlik, naqqoshlik, musiqa va me’morchilik asarlari bilan ham tanishdilar.

Ushbu tadbir barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.