Hamkorlik

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi. 🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda […]

“Blok Test”

📣 Bugun 10-11-sinf o’quvchilarining olgan bilimlarini o’zlashtirish darajasini sinovdan o’tkazish hamda ularda OTM ga DTS asosida qabul imtihoni muhitini yaratgan holda amaliy tayyorgarlik ko’rishlari uchun navbatdagi “Blok Test” o’tkazildi.

“Ertalabki saflanish” tadbiri

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Ertalabki saflanish” tadbiri bo’lib o’tdi ☑️ Tadbirda o’tgan hafta davomida ta’lim-tarbiya jarayonida erishilgan yutuqlar va mavjud bo’shliqlar sarhisob qilindi. Boshlangan yangi haftada amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar yuzasida ko’rsatmalar berildi. ⚡️Shuningdek, o‘quvchilarning biologiya va kimyo yo‘nalishidagi […]

Fransuz tili darsliklari yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilinmoqda

✅ Ma’lumki, Fransiyaning Hachette Livre Group guruhi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan fransuz tili (1-4-sinflari uchun — “Passe-Passe”, 5-9-sinflari uchun — “Décibel”, 10-11-sinflari uchun — “L’atelier”) darslik majmualari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab yurtimiz umumta’lim maktablarida keng joriy qilinmoqda. ➖ Bugun poytaxtimizdagi Abu Ali […]

Olimpiada boshlandi

✅ Kechadan Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida umumta’lim maktablari, nodavlat ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar, akademik litseylar hamda kasb-hunar maktablari o’quvchilari o’rtasida 2023/2024-o’quv yilida umumta’lim fanlari bo’yicha asosiy olimpiadaning 3-(shahar) bosqichi boshlandi. ❇️ Olimpiadaning birinchi bosqichida barcha 9-11- sinf […]

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xorijning nufuzli universitetlaridan qabul xatlarini olishmoqda

✅ Jumladan, maktabimizning 11-sinf oʻquvchisi Abubakrsiddiq Rustamov AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan Wingate universitetining toʻliq grantini qoʻlga kiritdi. 💰Grant miqdori 108 ming AQSH dollari (yiliga 27 ming AQSH dollaridan). 💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

“Kichik tibbiy xodim” o’quv kursini

📌 Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o’quvchilarini kasbga yo’naltirish bo’yicha tashkil etilgan “Kichik tibbiy xodim” o’quv kursining amaliy mashg’uloti Toshkent Tibbiyot Akademiyasida o’tkazildi. 🟢 Amaliy mashg’ulot davomida Toshkent Tibbiyot akademiyasining Intensiv terapiya, nevrologiya, nefrologiya, revmotologiya, kardioreabilitatsiya, fizioterapiya va jarrohlik bo’limlari faoliyati […]

“Orasta qizlar” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Orasta qizlar” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi 🔴 Unda maktabning barcha o’quvchi qizlari sinflar kesimida ishtirok etishdi. 🔻Ko’rik tanlov quyidagi shartlar asosida o’tkazildi:➖Soch o‘rimining bejirimligi;➖O‘rimlarning zichligi va sifati;➖Sinfdagi barcha qizlarning qatnashganligi;➖Sinfdagi qizlar tashqi ko‘rnishining bir xilligi;➖To‘liq maktab formasidan […]