2020 yil 28-yanvar kuni «BIOLOGIYA» fanidan 10- sinflar uchun tayyorlangan o’quv metodik qo’llanmaning taqdimoti o’tkazildi.
Taqdimot tadbirida biologiya fanlari doktori, professor J. Tolipova, muallif dortorantlar I. Abdurahmanova va M.Umaraliyeva ishtirok etdilar.

Ushbu o‘quv metodik qo’llanmadan o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlazh uchun eng zarur ma’lumotlar joy olgan. Jumladan, mavzularga oid test savollar, skanvord, rangli rasmlar asosidagi turli xil topshiriqlar va o’quvchilarga notanish bo‘lgan atamalarning izohli lug‘ati mavjud.

Qo‘llanma barcha o‘quvchilar va o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va amaliyotga tadbiq etish lozimligi to‘g‘risida takliflar bildirildi.

So‘ng, 2019 yil oktyabr oyida 7-sinflar uchun ishlab chiqilgan va tajriba sinov uchun amaliyotga tadbiq etilgan o’quv metodik qo’llanmaning muhokamasi o’tkazildi.

Bu borada 7-sinf o‘quvchilari ushbu qo’llanma judayam qiziqarli ekanligi, ko’p ma’lumotlar olish mumkinligi va mavzuga oid rangli rasmlar orqali keltirilgan test savollari barchani mustaqil ishlashga va izlanishga sabab bo‘layotganligi haqida fikr bildirildi.

Taqdimot yakunida professor Jamila Olimjonovna tomonidan bosqichma-bosqich 8-9-sinflar uchun ham qo’llanmalar loyihasi tayyorlangani va to’rtinchi chorakda taqdim etilishi haqida ma’lumot berildi.

O‘tkazilgan taqdimot barchada katta taassurot qoldirdi.