Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonovning Yoshlarga murojaati.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonovning Yoshlarga murojaati.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonovning Yoshlarga murojaati.
— «Yoshlar kuni»ning mamlakatimizda keng nishonlanishi oʼsib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat ruxida tarbiyalovchi, ularni yuksak marralarga chorlovchi beqiyos ragʼbat boʼlib xizmat qilmoqda, — deyiladi murojaatda.
— Oʼzbekiston aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etishi xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligiga aylantirgan. Ular uchun barcha shart-sharoit, imtiyozlar, imkoniyatlar va qulayliklar eshigi keng ochilib, yoshlarga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. 2017 yilning 2 dekabrida yangi bino qaerda qurilishi kerakligi degan savol qoʼyilganda davlatimiz rahbari Olmazor tumaniga tashrif buyurganida, «Talabalar shaharchasida minglab talabalar, oʼqituvchilar bor, ularga sharoit yaratishimiz kerak. Innovatsiya yoshlardan chiqadi. Ularga bir maydoncha yarataylik. Yangi tashkil qilingan Innovatsiya vazirligi ham shu yerda joylashsin va bu yerda ilmiy-amaliy markaz, zamonaviy laboratoriyalar boʼladi», deb topshiriq bergan edilar. Mana 3 yildan soʼng bu ixtirochilar uyi tayyor boʼldi.