“Innovatsiya menga nima beradi?” rukni ostidagi insholar tanlovi

“Innovatsiya menga nima beradi?” rukni ostidagi insholar tanlovi

2021-yil 11-may kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Innovatsiya menga nima beradi?” rukni ostidagi insholar tanlovi hamda “Talaba va oʻquvchilar orasida kimyoviy texnologiya boʻyicha fan festivali” gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda tanlovda faol ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritganlarga Yoshlar akademiyasi tomonidan aʻzolik sertifikatlari hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.