2020 yil 15 fevral kuni 10 — sinf oʼquvchilari kimyo fanidan olgan bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida Mirzo Ulugʼbek nomidagi Milliy Universitetning kimyo fakultetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida oʼquvchilarga professor S.E.Nurmonov, professor I.Аbdugʼafurov, kimyo fanlari nomzodi А.B.Parmonov «Karbon kislotalarining nomenklaturasi, olinishi, fizik kimyoviy xossalari» mavzusida prezentatsiya va amaliy laboratoriya mashgʼuloti oʼtkazildi.

Oʼquvchilar kimyo fanidan olgan nazariy bilimlarini laboratoriya mashgʼuloti orqali mustahkamlashga erishdilar.

Bu boradagi hamkorlik ishlari reja asosida davom ettiriladi.