Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 31 yanvar kuni ilm-fan sohasi etuk namoyondalari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda «Ta’lim muassalarida kimyo va biologiya fanlarini o’qitishni takomillashtirishda Abu Ali idn Sino nomidagi maktab-internati tayanch metodik bo’g’in bo‘lishi shart» deb belgilangan edi.

Ushbu da’vat maktab-internat pedagogik jamoasiga bo‘lgan katta ishonch va mas’uliyatdir.

Shundan kelib chiqib, maktab-internat direktori raisligida kimyo va biologiya fanlari o‘qitilishini takomillashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha etuk soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi shakllantirildi.

Ayni kunda ishchi gurugi a’zolarining dastlabki yigilishi o‘tkazilib, amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami belgilab olindi.

O‘z o‘rnida, ishchi guruh a’zolari maktab- internat o‘quvschilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. O‘ituvchilar va o‘quvchilar tomonidan takliflar berildi.

Ishchi guruhi a’zolari tomonidan berilgan takliflar amaliyotda foydalanishi belgilandi.