“Koronavirusni (2019-nCOV) yuqtirishdan oʼzingiz va bolalarni asrang salomat boʼling”

“Koronavirusni (2019-nCOV) yuqtirishdan oʼzingiz va bolalarni asrang salomat boʼling”

Taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirish hamda oʼquvchilar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish va KORONАVIRUS dan saqlanishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʼgʼrisiga bagʼishlangan “DIREKTOR SOАTI” tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbir 2020 yil 13 mart kuni soat 16.00-18.00 gacha Toshkent shahridan qatnab oʼqiydigan va maktab-internat yotoqxonasida yashaydigan oʼquvchilar uchun alohida-alohida vaqtlarda oʼtkazildi.

Tadbir davomida Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan “Koronavirusni (2019-nCOV) yuqtirishdan oʼzingiz va bolalarni asrang salomat boʼling” nomli tavsiyaning mazmun-mohiyati oʼquvchilarga yetkazildi.

Tadbir ochiq va doʼstona tarzda, oʼquvchilarning savollariga soha mutaxassislari va direktor tomonidan javoblar berildi.