2020 yil 1-fevral kuni D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya Kimyo Texnologiyalari Universitetining Toshkent shahar filiali ijrochi direktori Mansurov Yulbarsxon Nabiyevich bilan 9-10 — sinf o‘quvchilari o‘rtasida ochiq muloqat tashkil etildi.

Muloqot davomida D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya Kimyo Texnologiyalari Universitetining Toshkent shahar filialining faoliyati haqida taqdimot qilindi.

Taqdimot barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. So‘ng, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar oldilar.

Tadbir yakunida Mansurov Yulbarsxon Nabiyevich barcha o‘quvchilarni universitet hayoti bilan yaqindan tanishish uchun taklif etdilar.

Muloqat maktab-internatning madhiyasi bilan yakunlandi.