Rossiya federatsiyasining “Mega-Talant” isteʼdodlarni qoʼllab-quvvatlash markazi
2019 yil 19 dekabr kuni kimyo fanidan oʼtkazilgan XVI Xalqaro olimpiadada Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi (MDH)ga aʼzo davlatlardan ishtirok etgan isteʼdodli oʼquvchilar oʼrtasida Аbu Аli ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining jami 5 nafar oʼquvchilari sovrindor oʼrinlarni egalladilar.
Jumladan,
2-oʼrin sohiblari:
Muxtorxoʼdjaeva Durdona (10-sinf) 30 balldan 28 ball toʼplagan;
Raxmatullaev Djasur (9-sinf) 30 balldan 28 ball toʼplagan;
Djamolov Аzimjon (9-sinf) 30 balldan 28 ball toʼplagan;
Boymaxammadov Ikromiddin (9-sinf) 30 balldan 28 ball toʼplagan.
3-oʼrin sohibi:
Kamolov Umidjon (9-sinf) 30 balldan 26 ball toʼplagan.