Milliy universitetga tashrif

Milliy universitetga tashrif

Joriy yilning 11 mart kuni 10-sinf oʼquvchilari Mirzo Ulugʼbek nomidagi Milliy Universitetning biologiya fakultetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida fakultet professor oʼqituvchilari tomonidan «Insonning fiziologik parametrlarini aniqlash» mavzusida prezentatsiya va amaliy laboratoriya mashgʼuloti namoyish etildi.

Oʼquvchilar insondagi nisbiy doimiy koʼrsatkichlar: tana harorati, qondagi qand kontsentratsiyasi, ionlar doimiyligi, osmotik bosim haqida tushunchalarlarni amaliyotda mustahkamladilar.

Mikroskop yordamida odam va qurbaqa qonidan tayyorlangan mikropreparatni kuzatdilar.

Mashgʼulot oʼquvchilarda katta taassurot qoldirdi.