Namunaviy kirish test sinovlari

Namunaviy kirish test sinovlari

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan oʼzaro hamkorlikda maktab-internat oʼquvchilarining olgan bilimlarini aniqlash, mavjud boʼshliqlarni toʼldirish va mustahkamlashga qaratilgan ishlarni takomillashtirish, shuningdek, oliy oʼquv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik koʼrish koʼnikmalarini shakllantirish maqsadida namunaviy kirish test sinovlari oʼtkazish yoʼlga qoʼyildi.

2020 yil 5 mart kuni soat 09.00–12.30 gacha dastlabki test sinovlari 2 ta asosiy fandan (kimyo va biologiya) va 3 ta majburiy fanlar (ona tili, matematika, Oʼzbekiston tarixi)dan oʼtkazildi.

Davlat test markazining test sinovlarining dasturiy-texnik taʼminoti boʼlimi boshligʼi Ulugʼbek Noraliev masʼulligida test sinovlari shaffof tashkil etildi.