“Odam evolyutsiyasi va ekologiyasi” mavzusida ochiq dars

“Odam evolyutsiyasi va ekologiyasi” mavzusida ochiq dars

Joriy yilning 13 mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori Sherimmat Аvazov tomonidan “Odam evolyutsiyasi va ekologiyasi” mavzusida ochiq dars mashgʼuloti tashkil etildi.

Mashgʼulot oʼquvchilarning faol ishtirokida va qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda tashkil etildi. Shuningdek, oʼquvchilar dunyoni va insoniyatni qanday paydo boʼlishi va rivojlanishi toʼgʼrisida ilmiy asoslangan manbalar haqidagi maʼlumotlarga ega boʼldilar.

Bu esa oʼquvchilarning ilmiy, biologik va ekologik dunyoqarashlarini yanada rivojlantirishga turtki boʼldi.

Tadbir soʼngida, professor Sherimmat Аvazovga maktab-internat tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.