Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tasarrufidagi Аbu Аli ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati

2019-2020 oʼquv yili uchun yuqori malakali oʼqituvchilar va iqtidorli oʼquvchilar qabuli eʼlon qilinadi

Respublikamizning barcha hududlaridan maktab-internatning 7-10-sinflariga (har bir sinfga 80 nafardan (40 nafar oʼzbek, 40 nafar rus) jami 320 nafar iqtidorli oʼquvchilar tanlov (test sinovi va suhbat) asosida qabul qilinadi. Аynan ushbu yilda kirish uchun imkoniyat koʼproq boʼlib, keyingi yillardan esa faqat 7-sinfga qabul amalga oshiriladi.
Maktab-internatda umumiy oʼrta taʼlim olish bepul, taʼlim-tarbiya jarayoni oʼzbek va rus tillarida shuningdek, bosqichma-bosqich ingliz tilida amalga oshiriladi. Har bir sinfda oʼquvchilar soni 20 nafarni tashkil etiladi.
Oʼquvchilarning yoshini inobatga olgan holda har bir sinf uchun botanika, zoologiya, matematika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan tanlov uchun test savollari murakkablik darajasi davlat taʼlim standartlari doirasida oʼzbek va rus tillarida tayyorlanadi va mahfiyligi taʼminlanadi.
Tanlov 2019 yil 5 — 15 avgustgacha oʼtkazilishi rejalashtirilgan. Tanlovning aniq vaqti, joyi tanlov oʼtkazilishidan kamida bir hafta oldin maktab-internatning rasmiy web-sayti ibnsino-maktab.uz orqali eʼlon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etuvchi oʼquvchilarga qoʼyilgan asosiy talablar:
1) Kimyo va biologiya fanlariga qiziqishi yuqori hamda ushbu fanlardan dastlabki bilim, koʼnikma va malakaga ega boʼlgan.
2) Bilimlar belllashuvi, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etgan, sovrinli oʼrinlarni egallagan.
3) Mustaqil tadqiqot ishi bilan shugʼullanishga va kelajakda olim yoki yetuk mutaxassis boʼlish hoxish-istagi boʼlgan.
4) Oʼzbek va rus tillarini mukammal, xorijiy tilni boshlangʼich bosqichini hamda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish malakasiga ega.
5) Hayotga qatʼiy ishonchi boʼlgan, keng dunyoqarashli va liderlik mahoratini rivojlantirishga intiluvchan.
6) Oʼz imkoniyatlarini namoyon etish va rivojlantirishga, kasb-hunar sirlarini oʼrganishga istagi yuqori boʼlgan.
Oʼquvchilar tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
ota-onalarning maktab-internat direktori nomiga arizasi
bolaning tugʼilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi
bolaning 3 x 4 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati
umumtaʼlim maktab direktorining tavsifnomasi
tuman, viloyat (shahar), respublika yoki xalqaro tanlovlarda gʼolib boʼlganini isbotlovchi hujjatlarning nusxalari (diplom, fahriy yorliq va b.q. hujjatlar).
Tanlovda ishtirok etuvchi oʼqituvchilarga qoʼyilgan asosiy talablar:
oliy maʼlumotli, oliy toifali, istisno tariqasida 1-, 2-toifali, nutqi ravon, oʼziga talabchan, ijodkor va faol oʼqituvchi, shuningdek, oliy taʼlim muassasasining professor oʼqituvchisi
oʼquv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmuni, amalda qoʼllanilishi, dars tashkil qilish va oʼtish metodikasini mukammal bilgan
taʼlim-tarbiya jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etish mahoratiga ega, kreativ yondashuvga moyilligi boʼlgan
oʼquvchilar bilimini baholashning zamonaviy tizimini bilgan va samarali tatbiq etish tajribasiga ega boʼlgan
ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʼullanishga va kasbiy mahoratini takomillashtirib borishga hoxish-istagi boʼlgan
oʼzbek va rus tillarini mukammal, xorijiy tilni boshlangʼich bosqichi va mustaqil axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishni bilgan.
Oʼqituvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
vakolatli taʼlim muassasasining nomzod toʼgʼrisidagi tavsiyanomasi
nomzod toʼgʼrisida maʼlumotnoma (obʼektivka)
nomzodning pasporti nusxasi
nomzodning tarjimai xoli (avtobiografiya)
nomzodning harbiylik guvohnomasi nusxasi
nomzodning mehnat daftarchasi nusxasi
nomzodning maʼlumoti toʼgʼrisidagi diplomi nusxasi
F-86 tibbiyot xulosasi.
Xujjatlar 2019 yil 1 iyundan — 20 iyulgacha maktab-internatning rasmiy web-sayti www.ibnsino-maktab.uz orqali onlayn tarzda (hujjatlar skaner varianti 300 dpi, rangli tasvir va fayl hajmi 1 Mb dan ortib ketmasligi kerak) yoki vacancy@ibnsino-maktab.uz elektron pochtasi orqali rasman qabul qilinadi.

Qoʼshimcha maʼlumotlar uchun:
telefon/telegram (90) 943-70-02, (99) 722-78-99