Yana bir o’quvchimiz xalqaro olimpiada g’olibi bo’ldi

Yana bir o’quvchimiz xalqaro olimpiada g’olibi bo’ldi

Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o’quvchisi Mengboyev Ro’zimat «Chet el fuqarolari uchun mo’ljallangan 17- «Xalqaro Rus tili Olimpiadasi»da faxrli 2-o’rinni egalladi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova Ro’zimat Mengboyevni faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg’a bilan taqdirladi.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tamiz, mazkur Olimpiada 1972-yildan buyon tashkillashtirilib kelinmoqda.

Bu yil mazkur Olimpiadada 75 dan ortiq mamlakatdan 10000 dan ziyod iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi