📌 Joriy yilning 4-iyun kuni Farmatsevtika Texnik Universiteti (https://t.me/Uzpharm_agency) hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’rtasida ta’lim sifatini yanada oshirish, o’quv jarayonini ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash to’g’risida hamkorlik memorandumi imozlandi.

Bunda ko’zlangan asosiy maqsad, o’quvchilarning kimyo va biologiya fanlaridan chuqur o’qitilishi va o’quv mashg’ulotlarining sifatli va samarali bo’lishi, ularni kasbga yo’naltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish, ilmiy taqdiqot ishlarida amaliyotni keng targ’ib qilishdir.