📌Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilarining olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lagan holda bilimlarini mustahkamlash maqsadida laboratoriya mashg’uloti o’tkazildi

🧪 Bugun, oliy toifali biologiya o’qituvchisi Xolmirzayeva Guljahon Abdurazzoqovna va ikkinchi toifali biologiya o’qituvchisi Jo‘raqulov Shohjahon Sunnatullo o’g’li tomonidan 8- sinf o’quvchilari uchun “So’lak tarkibidagi amilaza fermentining kraxmalga ta’sirini o’rganish” mavzusida laboratoriya mashg’uloti bo’lib o’tdi.