📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining 32 yilligiga bag’ishlangan “Madhiyam-faxrim mening” shiori ostida sinflar o’rtasida davlat madhiyasini kuylash tanlovi o’tkazildi.
✔️ Unda maktabning barcha sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.
⚪️ Tanlovda o’quvchilar quyidagi mezonlar asosida baholandi:
30 ball — Madhiyani kuylash mahorati
10 ball — Sahna madaniyati
10 ball — Kiyinish madaniyati
✔️ Yakuniy natijalariga ko’ra sinflar quyidagi o’rinlarni egallashdi:
🥇I o’rin — 9-“G” sinf
🥈II o’rin — 8-“Ye” sinf
🥉III o’rin — 8-“B” sinf
🟢 Tanlovdan ko’zlangan maqsad yoshlarimiz qalbida Vatanga bo’lgan muhabbat va vatanparvarlik hissini oshirish bo’ldi.



