2022 yil 11-mart kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8- sinf oʻquvchilari Geografiya fani oʻqituvchilari Muqaddas Umarova va Gulsara Achilova boshchiligida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad – oʻquvchilarning geografiya fanidan olgan bilimlarini amaliyotda yanada mustahkamlash hamda energetika boʻyicha innovatsion texnologiyalar, qishloq xoʻjalik mashinalarining ishlash jarayoni hamda suv tozalash inshootlarining ishlash mexanizmlarini bevosita kuzatishdan iboratdir.
Sayohat davomida oʻquvchilarga universitetning Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani Shoavazov Kadirjon Achilovich va Qishloq xoʻjaligi energiya taʼminoti fakulteti dekani Isakov Abdusaid Jalilovich hamrohlik qildi.
Oʻquvchilar universitetda tashkil etilgan Abdulla Oripov muzeyi va bogʻini ham koʻrishdi.
Tashrif oʻquvchilarda katta taassurot uygʻotib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.