🎓 O‘tkurov Abdulazizbek Fahriddin o‘g‘li
Dual va xalqaro ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda muvofiqlashtirish bo‘limi
bosh mutaxassisi
lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlov yurtimizda kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, dual ta’limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish yo‘lidagi islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi nomidan
O‘tkurov Abdulazizbek Fahriddin o‘g‘lini ushbu mas’uliyatli lavozim bilan samimiy tabriklaymiz.

Sizning bilim, tajriba va fidoyiligingiz yangi faoliyatingizda yuksak natijalar berishiga ishonamiz. Kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va bardavom zafarlar tilaymiz.

💬 Ta’lim ravnaqi yo‘lidagi xizmatlaringiz yanada samarali bo‘lsin!
💬 Yangi bosqich muborak bo‘lsin!