TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O’QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan – 20-iyulga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.

❓Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

❓Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

✅ 2023-2024-o’quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
🔸Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ aniq fanlar yo’nalishi bo’yicha 5-sinfga;
🔸Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ aniq fanlar yo’nalishi bo’yicha 7-sinfga;
🔸Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ tabiiy fanlar yo’nalishi bo’yicha 7-sinfga qabul qilinadi.