Bugun futbol bo‘yicha 15 karra O‘zbekiston chempionlari Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi (https://t.me/ibnsinomaktabuz)da bo‘lishdi

⚽️“Paxtakor” futbol klubi direktor o‘rinbosari Dilshod Karimov, tijoriy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Baxtiyor Mametov, “Paxtakor” futbol klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix, futbolchilar Shahboz Azmiddinov, Abbos Fayzullayev bilan o‘quvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Futbolchilar tomonidan “mahorat darsi” bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Tadbir yakunida o‘quvchilarga Maksim Shatskix hamda yosh futbolchilarimiz dastxati qo‘yilgan to‘p va esdalik sovg‘alari berildi.