Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi B.Z. Asadovning o‘quvchilar bilan uchrashuvi va mahorat darslari tashkil etildi

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar, madaniyat va tarix, diplomatik vakolatxona faoliyati va diplomatning turmush tarzi shuningdek, diplomat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida maʼlumot berildi. Shu bilan birga, diplomat o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.