Olmos mozaykasi

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o’quvchilarning qiziqishlari bo‘yicha tashkil etilgan “Olmos mozaykasi” to‘garagining navbatdagi mashg’ulotida ilk ijodiy ishlar natijalari namoyish etildi. To’garak mashg’uloti o‘quvchilarning kayfiyatini ko‘tarib, qo’l mehnatiga bo’lgan qiziqishlari yanada oshishiga turtki bo’ldi.

Adiblar xiyobonida ochiq dars

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining fan o‘qituvchilari va pedagog tarbiyachilar mas’ulligida Adiblar hiyobonida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Ochiq dars” mashg‘uloti ijodiy yondashgan holda tashkil etildi.

Teatrga tashrif

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7- va 9- sinf o’quvchilari Abdulla Qahhor nomidagi O‘zbekiston Davlat “Satira” teatrining “Padarkush” spektakliga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida o’quvchilar spektakldagi ijobiy va salbiy rollar orqali hamda ota-onalarning beparvoligi tufayli qarovsiz qolayotgan yosh avlodning fojiyaviy holati keng yoritib berildi. […]

“Yosh kitobxon” to’garagi

Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida pedagog tarbiyachi- Xakberdiyeva Maxliyo mas’ulligida “Yosh kitobxon” to’garagining navbatdagi mashg’uloti kreativ yondashuv asosida bo’lib o’tdi. Mashg’ulot davomida o’quvchilarga “Badiiy asarlar va uning tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida ma`lumotlar berildi va suhbat olib borildi.

1-oktabr ”O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan ”USTOZLARGA EHTIROM” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 1-oktabr ”O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan ”USTOZLARGA EHTIROM” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni maktab direktori, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Jamoliddin Kamolov ochib berdi. Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan Toshken shahar […]