Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Men yangi O’zbekiston farzandiman” mavzusida 9-sinf o’quvchilari ishtirokida “Direktor soati” bo’lib o’tdi.
Maktab direktori Jamoliddin Kamolov 2022-2023-o’quv yili davomida ta’lim-tarbiya jarayonidagi dolzarb vazifalarning mazmun-mohiyatini keng yoritib berdi. Shu bilan birga, o’quvchilarni maktab nufuzini yanada oshirishda faol bo’lishga da’vat qildi.
Yangi o’quv yili uchun tasdiqlangangan o’quv rejasi, fakul’tativ va qiziqishi bo’yicha to’garak mashg’ulotlari, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan o’quv binosi, laboratoriya xonalari, axborot resurs markazi, o’quvchilar turar joyi va oshxonada yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
Shuningdek, yozgi ta’til vaqtida o’z ustida ishlash uchun berilgan topshiriqlar ijrosi to’g’risida savol-javob o’tkazib, fikrlar almashildi.
Yangi o’quv yilida o’quvchilarga ulkan zafarlar tilagan holda “Direktor soati” yakunlandi.


