📣 Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 21-oktabr “O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Ona tilim – g’ururim, faxrim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

✅ Tadbir maktab Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich tomonidan ochib berildi.

✅ Tadbir davomida “Navoiy va Mumtoz shoirlar”, “Usmon Nosir va ona nidosi ” kabi sahna ko’rinishlar namoyish etildi, “Tilga e’tibor – elga e’tibor” nomli adabiy kompozitsiya, go’zal raqs va kuy qo’shiqlar ijro etildi.

🟢 Shu bilan birga, tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan Muqimiy nomidagi O’zbek davlat musiqali drama teatri aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg’un Beknazarov hamda xushovoz xonanda Masrur Usmonov o’z qo’shiqlari bilan tadbirga o’zgacha fayz bag’ishladi.