22 Aprel “Butunjahon Ona Yer kuni” munosabati bilan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-“A”, 7-“B”, 7-“V” 7″G” sinflari o‘quvchilari o’rtasida “Ona tabiatni asraylik” mavzusida “Aqliy hujum – mustahkam bilim” loyihasi doirasida bellashuvi bo’lib o’tdi.
Maqsad etib, o‘quvchilarni geografiya faniga bo‘lgan qiziqishlariniri yanada qo‘llash, ona tabiatga muhabbatini oshirish hamda tabiiy resurslardan to’g’ri foydalanishni o’rgatish etib belgilandi.
Bellashuv oʻlkamizning har bir hududi iqlimi, chegaralari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi haqidagi olgan va mustaqil o‘rgangan bilimlari 5 ta shart asosida tashkil etildi.
Xususan,. Vatanimizning Fargʻona, Surxondaryo, Jizzax, Andijon kabi viloyatlari haqida qiziqarli taqdimotlar,
foydali qazilmalarni belgilarini aniqlash tezkor savol – javob, ayniqsa xona gullarini ekish texnikasi shartlarida oʻquvchilar biologiya fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati beridi.
Bellashuv yakunida g‘oliblar aniqlandi va munosib rag‘batlantirildi.