Bugun 25-may , Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” nomli so’nggi qo’ng’iroq tadbiri bo’lib o’tdi
✅ Unda Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi departamenti boshlig’i Siddiqova Saodat G’ofurovna , Sog’liqni saqlash vazirligi boshqarmasi boshlig’i Boymirov Eldor Erkinovich ,O’zbekiston Milliy Universiteti Kimyo fakulteti professori Abdugafurov Ibrogim Azizovich va prof.Turopov Nurmuhammad,Toshkent Tibbiyot Akademiyasi professor o’qituvchilari hamda o’quvchilarning ota-onalari, maktabning sobiq bitiruvchilari mehmon bo’ldilar.
✅ Tadbir boshida maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfutdinovich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi hamda bu yilgi bitiruvchilarga o’zining samimiy tilaklarini bildirdi.
✅ Tadbir davomida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o’tkazilgan “Steam” fan olimpiadasida g’olib bo’lgan o’quvchilarga Agentlik tomonidan diplom va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
✅ Bundan tashqari, ilk bora Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilan hamkorlikda o’quvchilarning tibbiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Kichik tibbiy xodim” o’quv modulini muvoffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
✅ Shuningdek o’quv yili davomida o’quvchilarimiz:
➖ 1-6 may kunlari Qozog’istonning Ostona shahrida bo’lib o’tgan 57-xalqaro Mendeleyev Kimyo olimpiadasida 1 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo’lga kiritishgan.
➖Maktab o’quvchilaridan 28 nafari xalqaro til bilish darajasi IELTS hamda 6 nafar o’quvchimiz milliy sertifikatlarni qo’lga kiritishdi.
➖Bundan tashqari 30 nafar o’quvchimiz muddatidan oldin xalqaro top universitetlarga va 4 nafari mahalliy universitetlarga imtiyozli ravishda o’qishga qabul qilindi.