Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 5 muhim tashabbus doirasida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga bag’ishlangan intellektual, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

An’ana bo’yicha haftaning har juma kuni o’tkaziladigan ushbu tadbirda o’quvchilar quyidagi shartlar bo’yicha bellashib aqliy salohiyatini charxlagan bo’lsalar, boshqa ijodkor o’quvchilarimiz o’zlarining ijodiy namunalari bilan bo’lishdilar va qizg’in tarzda bellashdilar.

jonli ijroda qo’shiq kuylash
kitoblar mohiyati-asar nomi va mualliflar
pianino jo’rligida jonli musiqa yaratish
mantiqiy savol-javob
jangovor-harbiy chiqish
biologik atamalar krossvordini yechish

Ishtirokchilarimiz ushbu shartlarni a’lo darajada bajarib, g’olib bo’lgan o’quvchilar estalik sovg’alarini qo’lga kiritdilar