Xabar berganimizdek, to‘rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) ishtirok etdi
Agentligimiz tizimidagi maktablarning uch nafar o‘quvchilari sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.
Oltin medali – Nazarov Azizbek, Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Oltin medali – Mahmudov Abdulloh, Toshkent shahridagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
Kumush medali – Hakimova Shahzoda, Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Bronza medali – Dilmurodov Sohibjon, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi.
Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariya davlatida o’tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida 90 ga yaqin davlatlardan 350 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Barcha o’quvchilarimizni g’alabalari bilan tabriklaymiz.