2021 yil 20-26 aprelь kunlari 28 ta davlat oʼquvchilari oʼrtasida 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi onlayn tarzda oʼtkazildi. Oʼzbekiston sharafini mazkur olimpiadada 7 nafar oʼquvchi himoya qilib, 7 nafari ham medalь sohibi boʼldi.

Olimpiadada Аvstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Saudiya Аrabistoni, Isroil, Xorvatiya, Vengriya va boshqa mamlakat jamoalari bilan birga mamlakatimiz terma jamoasi ham ishtirok etdi. Xalqaro olimpiada Xalq taʼlimi vazirligining Fan olimpiadalari boʼyicha iqtidorli oʼquvchilar bilan ishlash departamenti tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumani 9-Аxborot texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan maktabda oʼtkazildi va jarayonlar tashkiliy qoʼmita tomonidan jami 17 ta vebkamera va mikrofonlar orqali kuzatib borildi.

Xalqaro olimpiada ikkita nazariya turda oʼtkazildi. Ilk bosqichda barcha ishtirokchilar 8 ta majburiy masala ishlagan boʼlsa (jami 80 ball), ikkinchi bosqichda kimyo fanining 5 boʼlimiga oid 15 masaladan ixtiyoriy 5 tasini ishlash talab qilindi (jami 75 ball). Ikki bosqich natijalariga koʼra gʼolib oʼquvchilar aniqlandi.

Yakuniy natijalarga koʼra vatanimiz sharafini himoya qilgan oʼquvchilarimiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan taqdirlandi.

Oʼtgan yilgi 54-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida Oʼzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 5 ta bronza medalini qoʼlga kiritgan edi.

Gʼolib ishtirokchilarga diplomlar va medallar hamda sovgʼa qilinadigan kitoblar tashkiliy qoʼmita tomonidan pochta orqali joʼnatiladi.

Maʼlumot uchun: Bugungi kungacha Oʼzbekiston terma jamoasining hisobida 7 ta oltin, 20 ta kumush va 51 ta bronza medallari mavjud.

55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida sovrindor oʼrinlarni qoʼlga kiritgan oʼquvchilar

🥇Oltin medal – 1 ta

Firdavs Sobirov – Buxoro shahar 35-umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼquvchisi.

🥈Kumush medal – 4 ta

Аzimjon Jamolov – Аbu Аli ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʼquvchisi;

Sobirjon Аmanov – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi oʼquvchisi;

Nafisa Normurodova – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi oʼquvchisi;

Durdona Muxtarxoʼjaeva – Аbu Аli ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʼquvchisi.

🥉Bronza medal – 2 ta

Ikromiddin Boymahammadov – Аbu Аli ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab oʼquvchisi;

Begzod Roʼziboev – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi oʼquvchisi.