Bugun, 6-may kuni Qozog’istonning Ostona shahrida bo’lib o’tayotgan 57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
📍 Bu yilgi olimpiadada dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o’quvchilar o’zaro kuch sinashishdi.
❗️ Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko’ra yurtimiz o’quvchilari 🥇2 ta oltin, 🥈3 ta kumush va🥉2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi!
G’oliblarimiz bilan tanishing:
🥇Nazarov Azizbek – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi – oltin medal;
🥇 Mahmudov Abdulloh – Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o’quvchisi – oltin medal;
🥈 Dilmurodov Sohibjon – Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi – kumush medal;
🥈Rahimov Daler – Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o’quvchisi – kumush medal;
🥈Karimov Azizbek – Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o’quvchisi – kumush medal;
🥉Hafizov Azizbek – Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi – bronza medal;
🥉Hakimova Shahzoda – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi – bronza medal.