- Posted on
- Umumiy,Yangiliklar
- 300 Views
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida taxsil olayotgan 7 va 8- sinf o`quvchilari bilan ilmiy tadqiqot mavzulari yuzasidan muhokama tashkil etildi. Tadbirda ixtisoslashtirilgan maktabning Biologiya fani o‘qituvchisi Ma`muraxon Umaraliyeva “Ilm sari ilk qadam” mavzusida taqdimot o‘tkazib ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ilmiy tadqiqot ishi o`quvchilar uchun yangi faoliyat bo`lib unda ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirishning obyekti, predmeti, metodlari, shakllari, ilmiy farazni shakllantirish va ularni amalda qo‘llash, tajriba-sinov o‘tkazish ishlari haqida batafsil ma`lumot berildi.
Tadbir so‘ngida o‘quvchilarga “Ilm sari ilk qadam” qo`llanmasi tarqatildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga asoslantirilgan javoblarni olishdi.
BIZ BARCHA YOSH ILMIY TADQIQODCHILARIMIZGA OMAD TILAB QOLAMIZ!


