Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faxriysi, general-mayor Tel’man Salohiddinovich Murodxo‘jayev bilan o‘quvchilar, M.G‘olib mahallasi faollari va tuman “Vatanparvarlar” tashkiloti vakillari ishtirokida “Matonat manzili” nomli ijodiy uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.
✅ Uchrashuv davomida general-mayor Tel’man Salohiddinovich Murodxo‘jayev ulug‘ vatan urushida o‘zbek xalqining ko‘rsatgan misli ko‘rilmagan matonati va jasoratini videofilm hamda o‘zlarining bosib o‘tgan yo‘llarini hayotiy voqealar va kechinmalari orqali barchaga yetkazdilar.
✅ Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonlik javob oldilar. Barcha o‘quvchilar faxriymizga o‘z bilimlarini yanada oshirish, yaratilgan keng imkoniyatlardan to‘gri foydalanib, yuqori natijalarga erishishga hamda Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishga va’da berdilar.





