Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari “Xotira maydoni” va “Shaxidlar xiyoboni” maydonida bo’ldilar.

✅ Bu ikki maskan ham muhim ahamiyatga egadir. Chunki “Xotira maydoni ” va undagi “Motamsaro ona” haykali bizning o’tmishimiz , ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan va bedarak yo’qolgan ajdodlarimiz, ularni intizorlik bilan kutayotgan ona timsoli aks etgan bo‘lsa, Shaxidlar xiyoboni maydoni esa o’tgan asrning 30-40-yillaridaVatan mustaqilligi va ozodligi , uning taraqqiyoti yo’lida jon fido etgan, qatag’on qilingan bobolarimizni xotirlash uchun barpo etigan maskandir.

✅ Maktabimiz o’quvchilari tomonidan jasorati va matonati ila qalbimizda yashayotgan ajdodlar ruhi yod olindi hamda “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo’yildi.