2021-yil 19-dekabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021” tadbirlari doirasida “G‘alaba bogi‘da o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik oyligi tadbirlarida faol ishtirok etdilar.
Tadbirda harbiylar tomonidan turli chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek, o‘quvchilar “Shon-sharaf muzeyi”ga tashrif buyurishdi.
Ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.