🎓Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchilari Milliy sertifikat imtihonining muddatdan oldingi sinovlarida yuksak natijaga erishdilar.
Abdullamirzayeva Malika va Xakimova Munavvara 189 ball to‘plab, muddatidan oldin talabalik baxtiga muyassar bo‘ldilar.
Ularning ushbu muvaffaqiyati mas’uliyatli tayyorgarlik, muntazam mehnat va mustahkam bilimlarning yorqin samarasidir. Shuningdek, maktabimizda yaratilgan intellektual muhit ushbu yutuqlarning muhim omili bo‘lib xizmat qildi.
Mazkur natija pedagoglarimizning puxta tayyorlov jarayoni hamda o‘quvchilarning yuqori intilishi samarasi sifatida alohida e’tiborga loyiqdir.
Abdullamirzayeva Malika va Xakimova Munavvarani ushbu yuksak natijalari bilan tabriklab, kelgusida yanada ulkan marralarni zabt etishlarini tilaymiz.

