🏡 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot va audit jarayonlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

🌱 Tashrif doirasida Zamin xalqaro jamoat fondi hamda soha mutaxassislari maktabdagi ekologik loyihalar, issiqxona faoliyati, chiqindilarni saralash, resurslardan oqilona foydalanish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mazkur jarayon maktabimizning ekologik faoliyati xalqaro standartlarga mosligini namoyish etish hamda “Yashil bayroq” xalqaro ekologik mukofotini qo‘lga kiritish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi. Maqsadimiz — tabiatga mehrli, ekologik mas’uliyatli yosh avlodni tarbiyalash.

♻️ Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir!