📚 Bugun Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashgan maktabda buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiy yodi-la yashaymiz mudom” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar majmuining ochilish qismi bo‘lib o‘tdi.
📖 Tadbir Tillar metod birlashmasi tomonidan tashkil etilib, unda ustozlar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdilar.
📜 Tadbir davomida o‘quvchilarimiz Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan chuqur hurmat va samimiy qiziqishlarini namoyon etib, buyuk mutafakkirning hayoti va ijodiga oid bilimlarini yanada boyitdilar. Ularning dunyoqarashi “Savol-javob”, “Davom ettiring” kabi interfaol metodlar, shuningdek, krossvord va testlar orqali kengaytirildi.
📘 Ushbu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning bebaho ma’naviy merosiga muhabbat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.



