Tadbir davomida muhtarama ayollarimizga bag‘ishlangan samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bildirildi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayramga yanada fayz bag‘ishlandi.

🎤 Shuningdek, tadbirga Umid Umarov, Dostonbek Ergashev hamda boshqa musiqiy mehmonlar tashrif buyurib, o‘zlarining jonli ijrolari bilan barchaga unutilmas bayram kayfiyatini ulashdilar.

💐 Ayollarga qancha ehtirom ko‘rsatsak, qancha iliq so‘zlar aytsak ham baribir kamdek tuyuladi. Chunki hayotimizdagi mehr, baxt va barakaning katta qismi aynan siz aziz ayollar bilan bog‘liq.

⭐️ Yana bir bor 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin! Azizu mo‘tabar ayollarimizga sog‘lik, baxt va cheksiz ehtirom tilaymiz!