Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari 2026-yil 25-mart kuni “Artel Technical School”da bo‘lib o‘tgan Toshkent shahri maktablari o‘rtasidagi kimyo fanidan olimpiadada faol ishtirok etdilar.
💡 Olimpiada davomida o‘quvchilarimiz o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yuqori darajada namoyon etdilar. Ayniqsa, laboratoriya bosqichida ular haqiqiy tadqiqotchilar kabi tajribalar o‘tkazib, bilimlarini amalda qo‘llashdi 🔬
🔥 Kun davomida hukm surgan muhit – bu intilish, izlanish va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bilan boy bo‘ldi!
🏆 Natija:
🥇 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi — 1-o‘rin
👏 O‘quvchilarimizni ushbu ajoyib g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz! Sizlar bugun o‘z bilim va salohiyatingiz bilan barchaga namuna bo‘ldingiz!
🚀 Yangi marralar sari intilishdan to‘xtamang! Siz – kelajak ilm-fan egalarisiz! ✨


