O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 5-martdagi PF–35-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida muhim hamkorlik hujjati imzolandi 🇺🇿
🏫 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda 🔬 Farmatsevtika texnik universiteti o‘rtasida 2024-yil 1-iyunda tuzilgan hamkorlik memorandumiga 1-sonli qo‘shimcha kelishuv imzolandi.
✍️ Kelishuvga muvofiq:
▫️ ta’lim va ilmiy faoliyat integratsiyasi kuchaytiriladi 📚
▫️ o‘quvchilar hayot fanlari asosida tayyorlanadi 🧪
▫️ ta’lim jarayoni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtiriladi 🏭
▫️ zamonaviy va innovatsion o‘quv dasturlari joriy etiladi 🚀
👥 Mazkur hujjat maktab direktori B. Bekov hamda universitet rektori A.A. Djumanov tomonidan imzolandi 🤝
🌟 Ushbu hamkorlik ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda ularni kelajak kasblariga yo‘naltirishda muhim qadamdir.




