Kuni kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7 – sinf o‘quvchilari (ta’lim o‘zbek tilida) o‘rtasida o‘zbek romanchiligi asoschisi, sevimli yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning tavalludining 128 yilligi munosabati bilan bellashuv o‘tkazildi.

Bellashuvda barcha sinf o‘quvchilari faol qatnashdilar hamda ular yozuvchining hayoti va uning asarlari haqidagi bilimlarini mustahkamlab oldilar.

Bellashuv natijasi:

1-o‘rin 7-A sinf o‘quvchilari
2-o‘rin 7-B sinf o‘quvchilari
3-o‘rin 7-V sinf o‘quvchilari

G’olib sinflarni yana bir bor tabriklaymiz.