📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis hamda O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash, davlat siyosatining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda siyosiy-ma’rifiy seminar tashkil etildi.

🏛 Seminar davomida Murojaatnomada ilgari surilgan islohotlar, ta’lim sohasidagi strategik vazifalar hamda yoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.