Bugun Olmazor tumanidagi umumta’lim maktablarining jami 114 nafar biologiya va kimyo fani o‘qituvchilari ishtirokida “Tabiiy fanlarni o‘qitishda ta’lim sifatini oshirish metodikasi” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – tabiiy fan o’qituvchilarining nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlagan holda ta’lim muassasalarida biologiya va kimyo fanlarini o‘qitilishi samaradorligini oshirish orqali sifatli ta’limni ta’minlash deb belgilandi.

Seminar – treningda Turon fanlari akademigi, p.f.d. Tolipova Jamila Olimjonovna, f.f.d. (PhD) Shernazarov Iskandar Ergashevich, maktabning oliy tiofali biologiya fani o’qituvchisi Iskandarova Shoira Irzakulovna va laboratotiya mudiri Yusupov Muhammadbobur Nodirovich o‘z ma’ruzalari va amaliyot ishlari namoyishi bilan ishtirok etdilar.

Seminar – trening davomida barcha ishtirokchilar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixrtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar, laborotoriyalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tdilar va ularga metodik ko‘mak sifatida biologiya va kimyo fanlaridan 7-11 – siflar uchun tayorlangan laboratoriya ishlarining video tasvirlari jamlanmasi tuhfa qilindi.