Ochiq dars 8-sinf o’quvchilari uchun biologiya fani o’qituvchisi Ramazonov Sherbek tomonidan “Vitaminlar.Vitaminlarning moddalar almashinuvidagi roli” mavzusida o’tkazildi.

Bunda o’quvchilar kundalik iste’mol qiladigan ozuqa mahsulotlarida qanday vitaminlar borligi, ulardan yetarli miqdorda foydalanish, qanday tartibda ishlatilsa oziq-ovqatlarda vitaminlar ko’proq saqlab qolinishi, shuningdek vitamin yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar va ularni oldini olish choralari haqida tushunchaga ega bo’lishdi.

Darsda “BBB” texnologiyasi, “Matbuot anjumani”, “Raqibni sinaymiz”, “Guruhlarda munozara” kabi metodlardan foydalanildi.

Dars jarayoni o’quvchilar va tahlil uchun kirgan o’qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.