Tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarini rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova ishtirok etdi va bitiruvchilarni tabrikladi:
– Bugungi kun har bir bitiruvchi hayotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Sizlar bugun mustaqil hayot ostonasida turibsiz. Shuni unutmang-ki, hamma joyda siz bizning yuzimizsiz. Men sizlarga bundan keyingi yo’lingizda muvafaqqiyat tilayman. Omad yor bo’lsin.
Tadbir so’ngida joriy yilning aprel oyida o’tkazilgan 55-Xalqaro Mendeleyev Olimpiadasida Azimjon Jamolov (kumush), Durdona Muxtarxoʻjayeva (kumush) va Ikromiddin Boymahammadov (bronza) medallarini qo’lga kiritgan o’quvchilar Agentlik tomonidan sovg’alar bilan taqdirlandilar.